O’qishga topshirish uchun asosiy hujjatlar (faqat elektron shaklda): - Chet elga chiqish pasporti va rasm - Diplom/Attestat va baholar ilovasi (ingliz tiliga notarial tarjima). Agar hali attestat/diplom bo’lmasa, unda o’qish joyidan ma’lumotnoma olinadi. - Tibbiy ma’lumotnoma (Xitoycha namunada) - Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma (ingliz tiliga notarial tarjima) - Til bilish haqida sertifikat (IELTS, TOEFL, Duolingo, HSK yoki boshqalar) - Ustozlardan tavsiyanoma Ba’zi bir oliygohlar qo’shimcha hujjat va materiallar talab qilishi mumkin, masalan: - Bankdan hisobida yetarli mablag’ borligi haqida ma’lumotnoma - 18 yoshga to’lmaganlar uchun ota-onasi va Xitoyda vasiy bo’ladigan kishidan xat - Video orqali o’zini tanishtirish Barcha grantlarga hujjat topshirilganda oliygoh qabul komissiyasi tomonidan suhbat va/yoki imtihon o’tkaziladi.
Telegramda ulashish