Mutaxassis yordami

Xizmatlarimiz

Dastlabki maslahat: Maqsad va istaklaringizga mos keladigan dasturlar, yo'nalishlar va shaharlarni tanlashda yordam beramiz. Tanlangan universitetlar, kurslar va shaharlar haqida batafsil ma'lumot olasiz.


Hujjatlarni tayyorlash va tekshirish: Siz tanlagan universitetlar va dasturlar talab qiladigan barcha hujjatlarni tayyorlash va tekshirishda yordam beramiz.


Grantga ariza topshirish: Bir vaqtning o'zida bir nechta universitetga ariza topshiramiz, qo'shimcha arizalar uchun ortiqcha to'lov olinmaydi. Agar bir nechta grant yutsangiz, o'zingizga eng mos dasturni tanlashingiz mumkin.


Suhbat va imtihonlarga tayyorgarlik: Universitetlarning ichki imtihonlari va suhbatlariga tayyorlaymiz, bu grant olish imkoniyatingizni maksimal darajada oshiradi.


Doimiy aloqa: Arizalaringiz topshirilgan o'quv muassasalaridagi holati haqida sizni xabardor qilib boramiz va ishingiz bo'yicha muntazam yangiliklar beramiz.


Qabul hujjatlarini yetkazib berish: Universitetlar taqdim etgan barcha kerakli hujjatlarning yetkazib berilishini ta'minlaymiz.


Viza rasmiylashtirish: Viza olish yoki Xitoyda bo'lgan vaqtingizda vizani uzaytirishda amaliy yordam beramiz.


Xitoyga safarni tashkil etish: Qo'shimcha xizmatlar ham taklif qilamiz: Xitoyga aviachipta yoki poyezd chiptasini xarid qilish, aeroport yoki vokzalda kutib olish, universitet kampusiga yetkazish va joylashishda yordam. Shuningdek, kelganingizdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo'lgan boshqa tashkiliy masalalarda ham yordam beramiz.


BONUS: Shuningdek, Xitoyda yashash, o'qish va ishlash haqida foydali ma'lumotlar beramiz.