8-noyabr, 2026
CSCA 2026–2027: Imtihon sanalari, ro‘yxatdan o‘tish va fanlar
Xitoyda 2027-yilda bakalavr bosqichida o‘qishni rejalashtiryapsizmi? CSCA imtihonining 6 ta sessiyasi, ro‘yxatdan o‘tish muddatlari, imtihon vaqtlari va topshiriladigan fanlar haqida barcha muhim ma’lumotlar.
CSCA 2026–2027: IMTIHON SANALARI VA MUHIM MA’LUMOTLAR
Xitoyda bakalavr bosqichida tahsil olishni rejalashtirayotgan xalqaro talabalar uchun CSCA (China Scholastic Competency Assessment) imtihonining 2026–2027-o‘quv yili jadvali e’lon qilindi.
CSCA — Xitoy universitetlarida bakalavr bosqichiga kirmoqchi bo‘lgan xalqaro talabalar topshiradigan imtihon. Uning natijalari universitetga kirish va grant olish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
1. IMTIHON SANALARI
2026–2027-yillarda jami 6 ta imtihon sessiyasi rejalashtirilgan:
- 14–15 noyabr 2026
- 19–20 dekabr 2026
- 23–24 yanvar 2027
- 13–14 mart 2027
- 24–25 aprel 2027
- 26–27 iyun 2027
2. RO‘YXATDAN O‘TISH
Birinchi sessiya uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati:
15–21 oktabr 2026
Qolgan sessiyalar uchun ro‘yxatdan o‘tish muddatlari alohida e’lon qilinadi.
3. IMTIHON QANDAY O‘TADI?
CSCA imtihoni ikki kun davom etadi:
1-KUN
- Xitoy tili
- Matematika
2-KUN
- Fizika
- Kimyo
Imtihonni onlayn formatda, uydan turib topshirish imkoniyati mavjud.
4. QAYSI FANLARDAN IMTIHON TOPSHIRISH KERAK?
Kerakli fanlar tanlangan universitet, yo‘nalish va ta’lim tiliga bog‘liq.
🇬🇧 INGLIZ TILIDA TA’LIM
Gumanitar / Biznes:
- Matematika
Texnika / IT:
- Matematika
- Fizika / Kimyo
🇨🇳 XITOY TILIDA TA’LIM
Gumanitar / Biznes:
- Xitoy tili (gumanitar)
- Matematika
Texnika / IT:
- Xitoy tili (texnik)
- Matematika
- Fizika / Kimyo
Eslatma: Aniq fanlar universitet va tanlangan yo‘nalishga qarab farq qilishi mumkin.
5. IMTIHON VAQTI
Toshkent vaqti bilan:
- Noyabr, yanvar, mart va aprel sessiyalari — 11:00
- Dekabr va iyun sessiyalari — 05:00
6. NATIJALAR QACHON E’LON QILINADI?
Imtihon natijalari 10 ish kuni ichida e’lon qilinadi.
7. ONE STOP EDUCATION SIZGA QANDAY YORDAM BERADI?
- ✅ Qaysi imtihon sessiyasi sizga mosligini aniqlaymiz.
- ✅ Universitet va yo‘nalishingizga mos fanlarni belgilaymiz.
- ✅ Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida yordam beramiz.
- ✅ Tayyorgarlik materiallari va avvalgi imtihon savollarini taqdim etamiz.
2027-YILDA XITOYDA O‘QISHNI REJALASHTIRYAPSIZMI?
Imtihonga tayyorgarlikni kechiktirmang. Ertaroq topshirish — universitetga hujjat topshirish jarayonini yaxshiroq rejalashtirish imkoniyati.
Izohda «+» qoldiring yoki biz bilan bog‘laning:
📞 +998 90 119 94 49
📞 +998 90 109 94 49
✈️ t.me/one_stop_education